Yordam › Boshqaruvchiga › Oshxona ekrani
Oshxona ekrani
Poster kassasi oshxona yoki barga yuborgan hamma narsa planshet yoki televizorda paydo boʻladi. Oshpaz tayyor taomlarni belgilaydi — buyurtma yozilgan ofitsiant telefoniga darhol «Tayyor» keladi. Qogʻoz begunoklar va Poster’ning Kitchen Kit oʻrniga.
Ekranda nima bor
- Oshxonaga har bir yuborish uchun kartochka — stol, vaqt, qoʻshimchalar va izohlar bilan taomlar. Oʻsha stolga qoʻshimcha buyurtma «Qoʻshimcha» belgisi bilan alohida kartochkada keladi. Yangi buyurtmalar — ovoz bilan.
- Poster sexlari. Tepada sexlar boʻyicha yorliqlar — «Hammasi», «Bar», «Issiq sex»: oshpaz faqat oʻzinikini koʻradi.
- «Jarayonda» — qaysi taomdan nechta tayyorlanayotgani, ularni birga pishirish uchun.
- Taom boʻyicha tayyor. Har bir taom alohida belgilanadi; oxirgisi kartochkani yopadi, «Qaytarish» xato bosishni bekor qiladi. «2 soatdagi tayyorlar» — tarix.
- Aloqa yoʻq — ekran buni oʻzi aytadi va aloqa tiklanganda buyurtmalarni yangilaydi.
Ekranlarning ikki turi
- Ishchi ekran — oshpaz «Tayyor»ni belgilaydigan planshet. Ofitsiant telefoniga xabar keladi. Ekran uchun oyiga 60 000 soʻm.
- Monitor — tarqatish joyi ustidagi televizor yoki ikkinchi ekran: oʻsha buyurtmalar, tugmalarsiz. Bepul, xohlagancha.
Qanday ulash
- Planshet yoki televizorda brauzerda qrok.uz/kitchen ni oching — ekranda kod chiqadi.
- Boshqaruvchi @qrokuzbot botida kabinetni ochadi → «Oshxona» → «Ekranni ulash», kodni kiritadi, ekranga nom beradi (masalan, «Issiq sex») va tanlaydi: ishchi ekran yoki monitor.
- Ekranda «Ishni boshlash»ni bosing — u oʻchmaydi, yangi buyurtmalar ovoz bilan keladi.
QR✓OK ulangan Poster kassasi kerak: buyurtmalar Poster’dan oʻzi keladi, kassada hech narsa sozlash shart emas. Ekranni oʻsha «Oshxona» boʻlimida uzish mumkin; qaytarish uchun yangi kod kerak boʻladi.
Poster’ga ulash Ofitsiant «Tayyor»ni qanday oladi